
Superliga. "Dinamo" duranglar seriyasiga barham berdi
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Qizilqum" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
14-daqiqada Kojo Joel penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Anvar Hojimirzaev ham o‘n bir metrlik jarimani aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa, Abramov shogirdlari duranglar seriyasidan so‘ng g‘alaba qozondi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Dinamo
- Joel Kojo 14'
- A. Hojimirzaev 45'
Tugadi
2
:
0
30.05.2024 19:00

Fikrlar