
Superliga. Bugungi bahslarda jamoasiga kimlar yordam bera olmaydi? (Foto)
Bugun Superligada 14-tur o‘yinlari davom ettiriladi. "Neftchi" Farg‘onada "Metallurg"ni qabul qiladi. Uchrashuv starti 20:00 ga belgilangan. O‘yinni "Sport" telekanali orqali jonli efirga uzatish rejalashtirilgan.
Yana bir o‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon OKMK jamoasi Termizning "Surxon" klubini mehmon qiladi. Mazkur bahs ham 20:00 da boshlanadi. Ushbu matchni "Dunyo bo‘ylab" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin!
Mazkur bellashuvlarni 5 ta futbolchi o‘tkazib yuboradi. "Surxon"dan Jo‘rabek Mamatqulov va Shahzod Tairov, "Metallurg"dan Husniddin G‘ofurov va Alisher Xayrullaev bugun jamoasiga yordam bera olmaydi.
Shuningdek, OKMK safida Ulug‘bek Sunnatov maydon tashqarisida qoladigan bo‘ldi.
Fikrlar