Superliga. Bugun uchta super o‘yin bor!
Bugun Superliga 24-turi uchrashuvlari davom ettiriladi. Bugun Qarshi, Samarqand va Namanganda o‘yinlar o‘tkaziladi.
Ilk bahs "Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 16:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Qarshining "Nasaf" klubi "Markaziy"da "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi. Uchrashuv 17:00da start oladi.
Kunning yana bir qarama-qarshiligida "Surxon" va "Neftchi" jamoalari o‘ynaydi. Bu uchrashuv 18:15da boshlanadi.




Fikrlar