
Superliga. Bugun Namangan va Samarqandda o‘yinlar bor!
Bugun Superliga 20-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Tur doirasida ikki bahs bo‘lishi rejalashtirilgan.
Dastlabki o‘yin Namanganda bo‘lib o‘tadi. Unda "Navbahor" o‘z uyida "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi va start hushtagi 18:30da chalinadi.
Yana bir bellashuv Samarqandda "Dinamo" va "Surxon" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi va bu uchrashuv ham 18:30da boshlanadi.
Fikrlar