
Superliga. Bugun birinchi davraga yakun yasaladi
Bugun Superliganing 13-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Birinchi davrani yakunlab beradigan bahslarning biri Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda “Dinamo” jamoalari o‘rtasida kechsa, yana bir o‘yinda “Qizilqum” o‘z uyida peshqadamlaridan biri hisoblangan OKMKni qabul qiladi. Har ikkala uchrashuv ham soat 20:00 da start olishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa jadvalida "So‘g‘diyona" 20 ochko bilan 3-o‘rinda, "Dinamo" 14 ochko bilan 10-o‘rinda, "Qizilqum" 12 ochko bilan 11-o‘rinda, OKMK esa 23 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar