Superliga. "Andijon" o‘z maydonidagi ikkinchi o‘yinda ham nursiz durang o‘ynadi

  • 4 avgust, 2023, 21:52
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Surxon" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Jamoalar bir qancha vaziyatlarga ega bo‘ldi. Biroq bellashuvda hisob ochilmadi. Qayd etish lozim, 26-daqiqada termizliklar vakili Behruz Shaydulov qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.  

Shu tariqa, "Andijon" 21 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi. 23 ochkosi bor "uchar tulporlar" 5-pog‘onadan joy egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shahboz qarshi
04/08/2023 23:51
Iltimos sports.uz sayti jurnalistlari shu andijon stadioni chimini shu xolida saqlab,o'zb termasini JCH-saralash o'yinlarini o'tqazishni taklif qilinglar zora jchga chiqsa shu chimda o'ynab.bu stadion chimida o'ynayotgan futbolchilarga raxmat aytinglar.nasaf bilan o'yindan keyinam ko'zi ko'rmadimi.kim ruxsat berdi bu stadion chimiga.sharmandalikku bu to'g'risi.bir inson aytardi biz kelib bunaqa qildik unaqa qildik va qilishda davom etamiz deb.shu insonga aytar so'zim siz qilishga emas qildirishga davom eting.
&
Bek 56
04/08/2023 22:36
Нурсиз эмас Нурлик курашларга бой у'йин бу'лди. Нурсиз к,ачонки тепайми тепмайми деб секин суст у'йин бу'лса нурсиз деса бу'лади битта оам дурангни нурсиз деб атаса сизлар хам нурсиз дейсизлар балким у'зинглар нурсиз аа илмсиз бу'лсанглар керак .Жанговор дуранг бу'лди бу тугри фикрдур
&
Uzbek ligion
04/08/2023 22:55
Bir kishi kup bulib 70 minut.surxon kuchli ekan andijondan 4 ochko oldi
&
ал хилол
04/08/2023 22:00
Эссиз майдон чими учун сарфланган миллионлар.масул шахслардан маблагни ундириш керак