
Superliga. "Andijon" o‘z maydonida "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Andijon shahridagi "Sog‘lom avlod" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 1-daqiqada Shahzodbek Ubaydullaev hisobni ochdi. Oradan 17 daqiqa o‘tib Humoyun Murtazoev muvozanatni tikladi.
40-daqiqada esa Ro‘zimboy Ahmedov o‘zining aniq zarasi bilan "burgutlar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada Ahmedovning o‘zi "Nasaf" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Fikrlar