Superliga. AGMK o‘z maydonida "Lokomotiv" bilan durang o‘ynadi
Olmaliqning AGMK jamoasi bu tur o‘z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qildi. "OKMK" sport majmuasida kechgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
36-daqiqada Jamshid Iskanderov Suhrob Sultonov qo‘riqlayotgan darvozaga aniq zarba yo‘llab hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim so‘nggida esa Elguja Grigalashvili olmaliqliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qolgan golni kiritishga erishdi.



Fikrlar