
Superliga. AGMK "Mash’al" ustidan qiyin g‘alabaga erishdi
Superliganing 22-turidan o‘rin olgan AGMK va "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Olmaliqdagi "Markaziy" o‘yingohida kechgan bahsda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Muborakliklar Chigozining 8-daqiqadagi goli evaziga hisobni ochishga erishdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Sanjar Tursunov penaltidan oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 17-daqiqada Mirjamol Qosimov jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.
51-daqiqada Abbos Otaxonov hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Bellashuvning oxirgi daqiqalarida Sirojiddin Qo‘ziev hisobni qisqartirdi.
Fikrlar