
Superliga 5-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari ma’lum
Qatar mezbonlik qiladigan U23 Osiyo kubogi startiga sanoqli kunlar qoldi. Temur Kapadze boshqaruvidagi U23 O‘zbekiston terma jamoasi 2 aprel kuni yig‘inga kirishadi.
Parij Olimpiadasi yo‘lida kurashga kiradigan Kapadze terma jamoa yig‘iniga "Nasaf"dan 4 va "Paxtakor"dan 5 nafar futbolchini jalb qildi. Ularning barchasi o‘z jamoasining asosiy futbolchilari hisoblanadi. Shuningdek, "Olimpik" terma asosini tashkil qiladi. Shu bois turdan o‘rin olgan 3 uchrashuv qoldirilgan.
PFL matbuot xizmati qolgan 4 o‘yinning boshlanish vaqtlarini e’lon qildi.
Superliga 5-tur.
4 aprel.
19:45. "Lokomotiv" - "Andijon"
5 aprel.
19:15. "So‘g‘diyoyona" - "Qizilqum"
19:15. "Bunyodkor" - "Dinamo"
6 aprel.
19:15. "Surxon" - OKMK
Fikrlar