
Superliga 4-turidan so‘ng barcha jamoa ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ikki klub esa hali yutqazgani yo‘q (foto)
Bugun Superligada 4-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi. Muxlislar mazkur turda bir-biridan qiziq o‘yinlar guvohi bo‘ldi.
Ahamiyatlisi, 4-turdan so‘ng barcha jamoalar kamida 1 ochko to‘plashga erishdi. Oxirgi pog‘onadagi "So‘g‘diyona" hisobida 1 ochko mavjud.
Qolaversa, jadvalda faqat ikki jamoaning mag‘lubiyatga uchramaganini ko‘rish mumkin. "Neftchi" va "Bunyodkor" klublari hisobida 3 g‘alaba va 1 durang bor bo‘lib, bu ikki jamoa hozircha chempionatda qo‘shhokimlik qilib turibdi.
Fikrlar