
Superliga. 3-turdan so‘ng to‘purarlar bilan tanishing!
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. "Lochinlar" safida Tabatadze dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, "qaldirg‘ochlar"ning gollariga Mirahmadov ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Bunyodkor" Superliga joriy mavsumidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Navbahor" ketma-ket ikkinchi uchrashuv ochko yo‘qotmoqda.
Ushbu bahs bilan parallel ravishda OKMK - "Dinamo" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda olmaliqliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. Qosimov shogirdlari safida Shkrbich, Rahmonov hamda Abdurazzoqov gol urgan bo‘lsa, samarqandliklarning yagona goli Kojo tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Superliga 3-turi yakunlandi. "Lochinlar" hujumchisi Toma Tabatadze 5 ta gol bilan to‘purarlar jadvalini boshqarib bormoqda.
Sardor Rahmonov, Damyan Kraishnik, Dragan Cheran, Dilshod Komilov, Efiong, George Kuhinadze, Mirjahon Mirahmadov, Akaki Shulaya va Joel Kojolar ikkitadan to‘p kiritgan.
Fikrlar