Superliga 19-turi doirasidagi "vodiy derbisi" qoldirildi

  • 20 sentabr, 2023, 13:28
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"Turon" – "Neftchi"  uchrashuvi boshqa sanaga qoldirildi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Bilasiz, Superliga 19-turi doirasida “Turon” jamoasi o‘z maydonida “Neftchi”ni qabul qiladi. 21 – 23 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida “II Xalqaro hunarmandchilik festivali” hamda uning doirasida Rishton tumanida “Kulolchilik forumi” o‘tkaziladi.

Farg‘ona viloyati jamoat tartibini saqlash organlari xodimlarining aksar qismi festival doirasida xorijlik va mahalliy mehmonlar xavfsizligini ta’minlashga jalb etilishini inobatga olgan holda Farg‘ona viloyati hokimligi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi “Turon” – “Neftchi” uchrashuvini boshqa sanaga qoldirishni so‘rab Ligaga murojaat qildi. Tashkilot shuni inobatga olgan holda mazkur bellashuvni keyinroq muddatga qoldirdi.

Liga har ikkala jamoa bilan kelishgan holda bellashuvning aniq sanasiga yaqin kunlarda aniqlik kiritadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sardorbek 5555
20/09/2023 15:23
Shuyam baxonami usiroq kutga arpa uni baxona
Кахрамонжон Сафаров
20/09/2023 13:42
эй бирон марта Водий командаларини уйини кечиктирилса нима бупти сохта пахтакор хохлаган пайтда уйнайди хохлаган вактда хохлаган ишини килиб ютказиб куйса хам хеч кимни иши булмаяпти ёки эзилиб кийналиб телеграммларга хам чикмаяптику агар ютганда борми врй доддддд деган сарлавхва ва текстлар пайдо булар эди сохтакор бу пахтакор шох сохта экан
&
Алим Ахмедов
21/09/2023 07:35
Ана шу фестивал ва форумни колдирса булардику
&
Дувлан
20/09/2023 14:29
Бу нохақлик,шуям бахнами?хамма клублар ўйнаганда?пфл бунча ночор бўлмасая йўлини топиб ўтказавурса бўлардику.Бетайнлар!