
Superliga. "Qizilqum" "Surxon"ni mag‘lub etib, peshqadamga aylanib oldi
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 23-daqiqada Potapovning xatosidan so‘ng Kuxinadze hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Akaki Shulaya penaltidan gol kiritib farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
70-daqiqada Jahongir Abdusalomov hisobni qisqartirdi, biroq bu gol jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Shu tariqa, Superliganing 2-tur o‘yinlari yakunlandi.
Fikrlar