Superkubok finali oldidan "Real" jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 14 yanvar, 2022, 14:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubining o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxalda COVID-19 aniqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Shu tariqa 30 yoshli futbolchi “Atletik”ga qarshi bo‘ladigan Ispaniya Superkubogi bahsida jamoasiga yordam bera olmaydi. Ushbu bahs 16 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi.

Karvaxal joriy mavsum “Real” safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!