Superkompyuter APLda qaysi jamoa g‘olib chiqishini aniqladi

  • 1 oktabr, 16:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Opta tadqiqotlar markazi superkompyuteri Angliya Premer-ligasining oltinchi turi yakunlariga ko‘ra, jamoalarning chempionlik kurashidagi reytingini yangiladi.

Tecno

Ketma-ket beshta g‘alabadan keyin kutilmaganda “Kristal Pelas”dan mag‘lubiyatga uchragan amaldagi chempion “Liverpul” joriy mavsumda ham bosh sovringa asosiy da’vogarlik mavqeini saqlab qoldi. Sun’iy intellekt Arne Slot jamoasining chempionlik imkoniyatini 46,5 foizga baholmoqda.

Superkompyuter tahlili bo‘yicha “Liverpul” bilan asosan Mikel Arteta boshqarayotgan “Arsenal” raqobat qilishi mumkin. “Kanonirlar”ning chempion bo‘lish imkoniyati 34,6 foizga teng.

Qolgan da’vogarlarning ko‘rsatkichlari ancha past. Xususan, reytingda uchinchi qatordan joy olgan “Manchester Siti” 10,1 foizlik ko‘rsatkichga ega.

Bu ro‘yxatda “Kristal Pelas” 3,8 va “Chelsi” 1,3 foizga baholandi. “Tottenxem”, “Bornmut”, “Brayton”, “Fulxem”, “everton”, “Brentford”, “Nyukasl” va “Aston Villa” kabi jamoalarning chempion bo‘lish imkoniyati  bir foizni ham tashkil qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!