Superklubi Reshford uchun ikki yulduzini taklif qildi

  • 31 may, 09:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshfordning “Aston Villa” bilan ijara shartnomasi tugamoqda va tajribali hujumchi o‘ziga yangi ish topishi kerak.

Tecno

Markusning o‘zi anchadan beri “Barselona” safiga qo‘shilmoqchi. Kataloniyaliklar moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, bu transfer uchun katta mablag‘ ajrata olmaydi.

El Nacional nashrining yozishicha, ispaniyaliklar 27 yoshli hujumchi masalasini rokirovka yo‘li bilan hal qilmoqchi.

“Manchester Yunayted” esa, 50 million evroga baholanayotgan Reshford o‘rniga “Barsa”dan o‘yinchi olishga roziligini bildirgan. Bosh murabbiy Ruben Amorim Kataloniyadan markaziy himoyachi Ronald Arauxo yoki hujumkor futbolchi Fermin Lopes kelishini istayapti.

Manchesterliklar ko‘proq Arauxoni kutmoqda. Ular urugvaylik himoyachi yordamida mudofaa chizig‘idagi muammolarni uzoq muddatga yopishni mo‘ljallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!