Superklub Pogbani o‘yiniga emas, mashhurligiga qarab olmoqchi

  • 17 aprel, 21:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Doping sababli 18 oyga futbol maydonlaridan chetlatilgan frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba faoliyatini Evropada davom ettirishga bel bog‘lagan. Fevral oyida u “Yuventus” bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomasini bekor qilganidan so‘ng, hozirgacha shaxsiy murabbiylari bilan mashg‘ulot o‘tkazib kelyapti.

Tecno

Germaniyadagi manbalarning xabar berishicha, Pogbaning agentlari Bundesligasi klublari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ulardan biri – allaqachon Pogbaga og‘iz solgani aytilayotgan “Bavariya” klubi bo‘lib turibdi.

“Bavariya” uzoq vaqt maydonga tushmagan futbolchiga ishonch bildiradimi-yo‘qmi — bu borada hali aniq bir nima deyish qiyin. Biroq Pogbaning iqtidoriga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas. Klub rahbariyati marketing va brend salohiyati uchun ham bu transferni ijobiy baholamoqda.

Pogbaga taklif qilinadigan shartnoma esa, xabar qilinishicha, uning jamoada ko‘rsatadigan o‘yiniga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Frantsiyalik futbolchining o‘zi o‘tgan haftada kelajagi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi:

“Hozirda menga turli jamoalardan takliflar tushmoqda. O‘zim uchun eng mos variantni tanlamoqchiman. Bu hayotim va faoliyatimdagi muhim palladir. Shuning uchun har bir imkoniyatni sinchiklab o‘rganishim kerak”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!