Superklub Mbappeni olishni rad etdi

  • 29 iyun, 2023, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappeda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish varianti paydo bo‘lgan edi.

Tecno

“Liverpul” 24 yoshli futbolchini shu yozda qo‘lga kiritish uchun 300 million evro atrofida xarajat qilishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

CBS Sports nashri jurnalisti Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, “Liverpul” rahbariyati Mbappe uchun kurashdan chiqqishga qaror qilgan.

Klub mutasaddilari bir futbolchi uchun bu qadar katta summani sarflash mantiqsizlik, degan xulosaga kelgan.

Demak, Mbappening oldida yagona variant turibdi. Frantsiyalik hujumchi bir yildan keyin erkin agent sifatida “Real”ga qo‘shilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ZAKHRIDDIN
29/06/2023 20:23
Рости жонга тегди шу болакай хам