
Superklub nemislarning eng yorqin iste’dodidan yuz o‘girdi
“Bayer” etakchisi Florian Virts Evropaning bir qator grand klublari nishonida turgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Da’vogarlar qatorida “Liverpul” ham tilga olingan.
Liverpool Echo nashrining ta’kidlashicha, “qizillar” 21 yoshli hujumkor futbolchini transfer qilish fikridan qaytgan.
Florian Virts o‘tgan mavsumda 49 ta uchrashuvda 18 ta gol va 20 ta assist muallifi bo‘ldi. Pleymeykerning sermahsul o‘yini “Bayer”ni klub tarixida ilk bor Bundesliga g‘olibiga aylantirdi. Bundan tashqari, leverkuzenliklar Germaniya kubogini ham qo‘lga kiritdi.
Nemis futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblangan Virtsga “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Real” kabi grand klublar da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar