Superklub “baliq sotuvchisi” uchun 90 million funt beradi
Bugungi kunda jahon futbolida etakchi himoyachilardan biriga aylangan Yoshko Gvardiol ko‘p jamoalarning orzusiga aylangan.
“Chelsi” ham xorvatiyalik charm to‘p ustasini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Buning uchun “aristokratlar” Bundesliga vakili “Leyptsig” jamoasiga 90 million funt to‘lashga tayyor.
Qizig‘i shundaki, Yoshko bir necha yil oldin futbolni tashlashga juda yaqin kelgandi. Bu haqda o‘zi aytib berdi.
- 16-17 yoshligimda yoshlar jamoasida zaxira o‘yinchisi hisoblanardim. Bundan juda xafa edim va bir muddat futboldan ketmoqchi bo‘ldim. Men oila a’zolarim kabi bozorda baliq sotmoqchi edim.
Darhaqiqat, baliqni rosa yomon ko‘raman. Tasavvur qiling, 16 yoshdaman va har kuni uyda baliq eyishimga to‘g‘ri kelardi. Men esa, boshqa narsalarni istardim.
Nima bo‘lganini bilmaymanu, birdan yaxshi o‘ynay boshladim, murabbiylar e’tiboriga tushdim va meni “Dinamo Zagreb”ning ikkinchi jamoasiga qabul qilishdi, - dedi Yoshko Gvardiol.



Fikrlar