
Superfutbolchi “Liverpul”ning uchta taklifini rad qildi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” himoya chizig‘ining etakchi o‘yinchilaridan Ibrohim Konateni hamkorlikni uzaytirishga ko‘ndira olmayapti.
Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, mersisaydliklar frantsiyalik markaziy himoyachiga uch bora yangi shartnoma taklif qilgan va Konate ularning hech birini qabul qilmagan.
Manbaga ko‘ra, liverpulliklar Ibrohimni qolishga ko‘ndirishdan umidini uzgani yo‘q va yana urinishlarni davom ettiradi.
Bundan tashqari, agar Konate tez orada klub bilan kelishib olmasa, “Liverpul” yanvar oyida 26 yoshli futbolchini 50 million evroga sotib yuborishga harakat qiladi. Chunki joriy mavsum oxirida Konatening shartnomasi tugaydi va erkin agent maqomini oladi.
Ibrohim Konate “Real”ning asosiy nishoni hisoblanadi. Keyingi paytda madridliklar transfer siyosatini o‘zgartirib, erkin agent maqomini olish arafasida turgan yulduzlarga qaratmoqda. O‘tgan mavsumda Trent Aleksander-Arnold ham “Real” qiziqayotganini bilganidan keyin “Liverpul” bilan kelishuvni uzaytirmasdan yozda Madridga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar