
Super zarba sohibi Mayk Tayson bilan jang qilishini rasman e’lon qildi
Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Shennon Briggs professional boks yulduzi Mayk Tayson bilan ko‘rgazmali jang qilishga kelishib olganini e’lon qildi.
- Men Mayk bilan gaplashdim va jang qilishga kelishib oldik. Bu rasmiy xabar. Bu haqiqiy to‘qnashuv bo‘ladi. Biz mushtlarimizni gapirtiramiz, - dedi 48 yoshli amerikalik bokschi.
Shennon Briggs faoliyati davomida 67 marotaba ringga ko‘tarilgan va 60 ta jangda zafar quchgan. O‘ta kuchli zarbasi tufayli “Zambarak” laqabini olgan va 53 ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.
Mayk Tayson yaqinda sportga qaytishini e’lon qilganidan keyin u bilan jang qilish istagini bildirayotgan bokschi va jangovar san’at ustalari safi kengayib bormoqda. Taysonni Emelyanenko bilan jang qilish uchun Rossiyaga ham taklif qilishmoqda.
Fikrlar