Super hujumchi sotiladi

  • 16 avgust, 2020, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” o‘z tarixidagi eng zo‘r hujumchilardan biri Edin Jekoni sotib yuborishga tayyorligini bildirdi.

Tecno

Rim jamoasi rahbariyati 34 yoshli to‘purarni olish bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishi mumkinligini aytmoqda. Hozircha, bosniyalik futbolchiga “Yuventus” va “Inter” da’vogarlik qilayotir.

Ayniqsa, “Yuventus”ni yangi qabul qilib olgan Andrea Pirlo jamoaning hujum chizig‘ini yangilamoqchi va olib kelinadigan hujumchilar ro‘yxatiga Edin Jekoni ham kiritgan.

“Roma” bu futbolchi transferidan 15 million evro ishlab olishni mo‘ljallamoqda. Jeko yakunlangan mavsumda 35 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!