
Super hujumchi Messi bilan birga o‘ynamoqchi
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala yaqin kelajakda “Barselona”ga o‘tishi mumkinligiga ishora qildi.
- “Yuventus” bilan bir yarim yillik shartnomam bor. Lekin uni uzaytirish borasida biror nima deya olmayman. Messi buyuk futbolchi va “Barselona” katta klub. U erda o‘ynash yoqimli bo‘lardi, - dedi 26 yoshli argentinalik hujumchi.
Dibala joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 12 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar