Sun’iy intellekt: Oston O‘runov derbida g‘alaba golini uradi!
Eron chempionatining 12-turida "Persepolis" klubi o‘z maydonida "Istiqlol"ni qabul qiladi. Peshqadamlar o‘rtasidagi bo‘lajak bahs ertaga Toshkent vaqti bilan 17:30’da start olishi rejalashtirilgan.
Ushbu to‘qnashuvdan avval sun’iy intellekt (chat GPT) o‘yin natijasini taxmin qilib ko‘rdi. Unga ko‘ra, "Persepolis" 2:1 hisobida zafar quchadi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Alipur hisobni ochadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Oston O‘runov esa 67-daqiqada jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qiladi. "Istiqlol" 82-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ladi. Shu tariqa, "Persepolis" O‘runovning goli evaziga derbida g‘alaba qozonadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Persepolis"ning so‘nggi to‘qnashuvida ham Oston o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan holda, jamoasining 3 ochko olishini ta’minlagan edi.




Fikrlar