
Sulsherning qarori tufayli MYu zo‘r futbolchisidan ayriladi
“Manchester Yunayted”ning ispaniyalik ligeoneri Xuan Mata o‘yin amaliyoti kamligi tufayli jamoani tark etishga qaror qildi.
Sulsher yoshlarga tayangan holda yangi jamoa shakllantirmoqda va bu jarayonda 32 yoshli Xuan Mata o‘zi istagan darajada o‘yin vaqtiga ega bo‘lmayapti. Ayniqsa, Brunu Fernandesh kelganidan keyin ispan futbolchisining xizmatlariga ehtiyoj qolmadi.
2014 yildan beri manchesterliklar tarkibida to‘p surayotgan Mata joriy mavsumda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar