Sulsherga yangi to‘purar kerak

  • 29 sentabr, 2020, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar bozori yopilgunicha Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmasa, uning transferiga ajratilgan mablag‘ni “Napoli” hujumchisi Arkadiush Milikni olishga sarflaydi.

Tecno

Ayni paytda manchesterliklar  “Napoli” klubi bilan bo‘lajak tranfser borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Lekin “Borussiya” bilan muzokaralarda ijobiy tomonga o‘zgarish yo‘q va dortmundliklar Sanchoni o‘z safida olib qolib, kelasi yili yozda uning bozori qaynashini kutmoqchi.

Sulsher yuqori darajadagi hujumchi olish uchun pulni tejash maqsadida markaziy himoyachi taklif qilish fikridan qaytdi va joriy mavsumda Erik Bayiga imkon berishga qaror qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!