
Sulsherdan norozi bo‘layotgan darvozabon MYudan ketadi
“Manchester Yunayted”ning ikkinchi darvozaboni Serxio Romero Angliya premer-ligasida maydonga tushishga da’vogarlik qilmasa-da, bor umidini kubok o‘yinlariga qaratgan edi.
Lekin bosh murabbiy “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan Angliya kubogi yarim finalida va Evropa Ligasida “Sevilya”ga qarshi oxirgi bahsda darvozani David de Xeaga topshirgani argentinalik golkiperning g‘azabini qo‘zitdi.
Bundan norozi bo‘lgan darvozabon shu yozning o‘zida jamoani tark etish harakatiga tushdi. Hozirgi paytda 33 yoshli kiperga “Chelsi”, “Everton” va “Lids” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar