Sulsher zo‘r o‘yinchi topdi

  • 4 noyabr, 2020, 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibni kuchaytirish  maqsadida “Vilyarreal”da barqaror o‘yin namoyish etayotgan Samyuel Chunvueze uchun kurashga qo‘shildi.

Tecno

21 yoshli nigeriyalik vinger 2017 yildan buyon ispan klubida ishonchli o‘ynamoqda. “Vilyarreal” bu futbolchi transferidan 80 million evro ishlab olishni maqsad qilgan. Biroq, Samyuelning jamoadan ketish istagi va pandemiya sharoitidagi vaziyat bu summani sezilarli darajada kamayishga sabab bo‘lishi aytilmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, Sulsherga bu futbolchini olish oson bo‘lmaydi. Chunki “Everton”, “Lester”, “Liverpul” va “Vulverxempton” kabi klublar ham Chunvuezeni olib kelishga bel bog‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!