Sulsher va Klopp superfutbolchini talashmoqda

  • 21 fevral, 2021, 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va “Liverpul” yozgi transferlar vaqtida “Vest Xem” etakchisi Deklan Raysni o‘z safiga qo‘shib olish uchun o‘zaro raqobatlashadi.

Tecno

Raysga da’vogarlik qilgan “Chelsi” jamoani Tomas Tuxel qabul qilib olganidan keyin kurashdan chiqdi. Tuxel asosan Bundesligada o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilarga e’tibor qaratmoqchi.

Shu tariqa, Sulsher va Klopp Rays uchun asosiy da’vogarga aylandi. Iste’dodli yarim himoyachining transferi 50 million funtga baholanmoqda. “Vest Xem” ham yaxshi daromad ilinjida etakchisini sotib yuborishga qarshi emas.

Deklan Rays joriy mavsum premer-liganing 24 ta uchrashuvida bitta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!