
Sulsher Sanchodan voz kechdi
“Manchester Yunayted” bu yilgi transferlar mavsumida “Borussiya” yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni olmaydigan bo‘ldi. Manchesterliklar bosh murabbiyi Sulsher iste’dodli futbolchini kelasi yil yozgi transferlar vaqtigacha kutishga rozi bo‘ldi.
Bu transferning amalga oshmaganiga “Borussiya”ning 120 millionlik transfer summasini kamaytirishga rozi bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
“Manchester Yunayted” uchun kelasi yozgi transferlar mavsumida ham Sanchoni olish oson bo‘lmaydi. Chunki “Borussiya” kutganidek, futbolchi uchun kurashga “Real”, PSJ va “Chelsi” jamoalari ham qo‘shiladi.
Fikrlar