Sulsher “Real”da chempion bo‘lgan futbolchini oladimi?

  • 17 iyul, 2020, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Zinedin Zidan ishonchiga kira olmagan Xames Rodrigesdan qutilish uchun uning transfer summasini kutilganidan ancha arzon -  25 million evro qilib belgilaganidan keyin kolumbiyalik futbolchiga xaridorlar ko‘payib ketdi.

Tecno

Xususan, 29 yoshli pleymeykerga Angliya premer-ligasining bir necha klublari qiziqmoqda. Xamesning o‘zi esa, “Manchester Yunayted” safiga qo‘shilishni istamoqda.

Ayni paytda manchesterliklar futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Shu o‘rinda, Xames Rodriges madridliklardan yiliga 7,75 million evro maosh olishini ta’kidlash lozim. U Sulsher jamoasiga qo‘shilish uchun bu summadan voz kechishi kerak.

jameswantinmu

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!