
Sulsher o‘z shogirdining o‘yiniga baho berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Krishtianu Ronaldu borasida fikr bildirdi.
"Ronaldu o‘yindan o‘yinga ochilib bormoqda. U o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Ma’lumki, Krishtianu mavsum oldi tayyorgarlik bahslarida ishtirok eta olmagan.
Endi u tobora o‘zining optimal formasiga chiqib bormoqda. Ayni damda u o‘z darajasida", - dedi norvegiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli goleador bu mavsum "qizil iblislar" safida 11 ta o‘yinda ishtirok etib, hisobiga 9 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar