Sulsher: O‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozondik

  • 25 yanvar, 2021, 11:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher Angliya Kubogi to‘rtinchi bosqichida "Liverpul" (3:2) ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"O‘tgan mavsum chempion bo‘lgan jamoani yutish ajoyib. "Liverpul" – fantastik jamoa. So‘nggi ikki yil mobaynida turli sxemalarda o‘ynadik va yaxshi natijalarga erishdik, ammo bugun o‘z uslubimizda g‘alaba qozondik. Futbolchilar va men ishonadigan yo‘lni topdik.

Hisobda ortda qolayotganda kambek qilish bizning mentalitetimiz. Buni joriy mavsumda juda ko‘p o‘yinlarda ko‘rsatdik. Jismoniy holatimiz yaxshilanib bormoqda va o‘yin oxirigacha kuchimizni saqlab qolyapmiz.

O‘z uslubimizda o‘ynash ajoyib hissiyot. O‘tgan yillar davomida 4-4-2 va 3-5-2 sxemasida yaxshi natijalarga erishdik. Turli uslubda raqiblarni zararsizlantira oldik, ammo bugun biz o‘z shartlarimizda g‘alaba qozondik.

Bunday g‘alabalar jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi", - deydi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!