
Sulsher: "Nega Maktomineyni sotishganini tushunmadim"
Sobiq "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktomineyning jamoadan ketganidan hayratda ekanini yashirmadi. Eslatib o‘tamiz, u 2024 yil avgustida 30 million evroga "Napoli" safiga o‘tgandi.
"Skott va Fred har doim ishonch qilinadigan futbolchilar edilar. Ular maydonda bor kuchini berib harakat qilishardi.
Shu sabab, Skott kabi futbolchini sotish qarorini hech tushuna olmayman" — dedi hozirda "Beshiktash" klubida faoliyat yuritayotgan norvegiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, 52 yoshli mutaxassis 2019 va 2021 yillar oralig‘ida "qizil iblislar"ni boshqargan.
Fikrlar