
Sulsher MYuni kuchaytiradigan futbolchi topdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Norvich Siti”ning 21 yoshli himoyachisi Maks Aaronsni sotib olishga qaror qildi.
Qanot himoyasida ishonchli o‘ynayotgan Aaronsni shaxsan Sulsherning o‘zi olinadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritdi. Sulsherning rejasi bo‘yicha Maks jamoaga kelib, Aaron Van-Bissaka bilan raqobatga kirishishi lozim. Shuningdek, bu transferni amalga oshirish uchun ayni paytda ijarada yurgan Diogu Dalot sotib yuboriladi.
Maks Aaronsga “Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino ham ko‘z tikmoqda. Futbolchining transferi 20 million evroga baholangan.
Fikrlar