Sulsher: Meni hayratga solgan futbolchini qo‘yib yubormayman!

  • 20 fevral, 2021, 22:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi  Ule-Gunnar Sulsher tarkibga erkin agent sifatida qo‘shilgan Edinson Kavanining kelajagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Uning o‘yini meni hayratga soldi. U jamoamizga tez qo‘shilib ketdi va shuning uchun yaqin orada Edinson bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlaymiz,  - dedi Sulsher.

PSJdan ketganidan keyin “Manchester Yunayted”ga qo‘shilgan Edinson Kavani hozircha yangi jamoasida barcha turnirlarda 24 marta maydonga tushib, ettita gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!