Sulsher Maguayrga uchta sherik topib qo‘ydi

  • 9 iyul, 2020, 00:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yozgi transfer oynasi vaqtida Xarri Maguayrga tandem bo‘lishi mumkin bo‘lgan himoyachi izlash ishlarini boshlab yubordi.

Tecno

ESPN nashri ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" "Bornmut" himoyachisi Natan Ake nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Transfer narxi 40 million funtga baholanayotgan futbolchi yana bir qancha grand klublar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Ikkinchi nomzod esa "Aston Villa" fulbeki Tayron Mingz ham "qizil iblislar" uchun 40 million evroga tushadi.

Yuqorida tilga olingan himoyachilarning yana bir alternativi sifatida esa "Milan" futbolchisi Alessio Romanoli sanalmoqda. 25 yoshli italiyalik futbolchi MYu uchun 60 million funtga tushishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!