
Sulsher Lukakuni MYuda olib qolmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher jamoa hujumchisi Romelu Lukaku bilan uchrashdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra norvegiyalik mutaxassis belgiyalik to‘purardan yana bir mavsum jamoada qolishni so‘ragan. Buning uchun u Lukakuga asosiy tarkibdan doimiy joy ham va’da qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Lukakuga Milanning “Inter” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. “Neradzurrilar” ayni damda uning transferi ustida ish olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Lukaku o‘tgan mavsum MYu safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol urib, o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar