Sulsher: Hozir MYu da Roy Kin va Brayan Robson kabi etakchilar yo‘q

  • 20 oktabr, 2019, 13:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher bugun “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan jamoada etakchi futbolchi yo‘qligini aytdi.

Tecno

“Hozir etakchi futbolchi bo‘lish va sardor bo‘lish – bu turlicha narsalarga aylangan. Avvallari ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor edi.

Hozir bizda  David [De Xea], Pol [Pogba], Xarri [Maguayr], Viktor [Lindelef] kabi tajribali etakchilar bor. Ammo ular Roy Kin va Brayan Robson kabi o‘z vaqtining jangovor futbolchilari kabi emas”, – deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, MYu – “Liverpul” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!