Suhrob Berdiev: "Golim oyning eng chiroylisi bo‘lishini kutmagandim"

  • 18 oktabr, 2023, 12:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bo‘lsa kerak, "Andijon" a’zosi Suhrob Berdievning Superliga 19-tur doirasida “Navbahor” darvozasiga urgan goli sentyabr oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.

Tecno

O‘sha bahsda “Burgutlar” 2:1 hisobidagi yoqimli g‘alabani tantana qilgandilar. Bu xususida futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga shunday dedi:

“To‘g‘risini aytsam, golim oyning eng chiroylisi bo‘lishini kutmagandim. Chunki sentyabr oyida boshqa uchrashuvlarda ham chiroyli gollar urilgandi. Ularning orasida mening golimni birinchi o‘ringa qo‘yishgan ekan, bundan xursandman. Bu birgina mening emas, butun jamoamizning yutug‘i. Kutmagandim.

Buni faoliyatimdagi eng chiroyli gol desam ham bo‘laveradi. Negaki, ushbu gol “Andijon” jamoamizga uch ochko olib keldi va eng kerakligi g‘alaba qozondik, muxlislarimizni xursand qildik. Shunisi bilan esda qolarli gol bo‘ldi, desam ham bo‘ladi. Har bir golni qanday urilgani emas, balki g‘alaba keltirgani muhimroq.

“So‘g‘diyona” bilan o‘yinga tayyorgarligimiz yaxshi davom etyapti. Murabbiylarimizning o‘ylagan rejasi asosida mashg‘ulotlarni olib boryapmiz. Xudo xohlasa, bu safar ham ishqibozlarimizni xursand qilamiz, degan umiddamiz”, - deya munosabat bildirib o‘tdi, Berdiev.

“Andijon” matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!