
Sud "Boka Xuniors" muhlisiga noodatiy taqiq qo‘ydi
Argentina sudi "Boka Xuniors" klubi muhlislaridan biriga qarshi noodatiy qaror chiqardi.
Klub muhlisi Xyugo Federiko Suares bir yil mobaynida sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandi uchun aliment to‘lamay kelgan. Biroq muhlis Buenos-Ayres klubi futbolkalari kollektsiyasi, o‘yin abonomenti, bir qancha kontsert va samolyot chiptalari harid qilgan.
Shu sababdan muhlis endi alimentdan qarzini to‘liq to‘lamaguncha "Boka Xuniors" o‘yinlarini maydonda kuzatish imkoniyatidan mahrum qilindi.
Fikrlar