Suaresga sobiq jamoasi xaridor bo‘lmoqda

  • 25 avgust, 2020, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Kamp Nou”dan ketmoqchi emas va shu sababli jamoa bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishni xohlamayapti.

Tecno

Sky Sport Italia muxbiri Janluka Di Martsioning xabar berishicha, kataloniyaliklar urugvaylik futbolchining maoshi juda ham katta ekanligi (yiliga 25 mln evro) bois, moliyaviy inqiroz paytida xarajatlarni kamaytirish uchun undan qutulmoqchi.

Ayrim xabarlarga qaraganda, 33 yoshli futbolchiga uning sobiq jamoasi – “Ayaks” xaridor bo‘lmoqda. Amsterdamliklar unga yiliga 3 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Suaresning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!