
Suaresdan foyda ko‘rgan “Atletiko” “Barsa”ning yana bir yulduzini oladi
“Barselona”ga kerak bo‘lmay qolganidan keyin “Atletiko” safiga qo‘shilgan Luis Suares madridliklarning chempionligini ta’minladi.
Diego Simeone xuddi urugvaylik hujumchi singari kataloniyaliklarga kerak bo‘lmay qolgan Jordi Albani ham o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.
Qanot himoyachisi hisoblangan Jordi Alba “Atletiko”ning chap qanot himoyasidagi nozik nuqtasini yopish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar tarkibni yoshartirish siyosatini olib borayotgani bois, yoshi 30 dan o‘tgan aksariyat futbolchilar o‘zlariga yangi jamoa qidirishga majbur bo‘lmoqda.
32 yoshli Albaning shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etishiga qaramay, tajribali himoyachi ham ketadiganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Uning transferi 20 million evro atrofida baholanmoqda.
Yakunlangan mavsumda Alba primerada 35 ta uchrashuvda 10 ta golli vaziyatda qatnashdi.
Fikrlar