Suares Kumandan o‘ch oladi

  • 6 sentabr, 2020, 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Luis Suaresga bosh murabbiy Ronald Kumanning munosabati yoqmadi. Niderlandiyalik mutaxassis futbolchi bilan uchrashishga ham vaqt ajratmadi va telefonda bir yarim daqiqa davom etgan suhbatda Luis jamoadan ketishini talab qildi.

Tecno

Endi Suares munosabatga yarasha “Barselona”dan shartnoma bo‘yicha bir yillik maoshini bir evrosigacha undirib olmoqchi. Klub rahbariyati esa, shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qilib, futbolchiga kompensatsiya to‘lamoqchi emas.

Suares keyingi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi kutilmoqda. U turinliklar bilan kelishuvga erishgan. Lekin “Yuventus” rahbariyati urugvaylik hujumchi erkin agentga aylanganidan keyin uni o‘z safiga tekinga qo‘shib oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!