
Suares ko‘tarilishda davom etadi
“Barselona” safida Chempionlar ligasi doirasida “Napoli” darvozasini ishg‘ol qilgan Luis Suares klub to‘purarlari orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Kataloniya klubidagi jami gollar sonini 194 taga etkazgan urugvaylik hujumchi o‘tmishning mohir to‘purari Ladislav Kubala bilan tenglashib oldi.
“Barselona”ning eng zo‘r to‘purari Lionel Messi hisobida 633 ta gol bor. Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Sesar Rodriges raqiblar darvozasiga 232 marta to‘p kiritgan.
Fikrlar