
Suares "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradimi?
"Barselona" klubi forvardi Luis Suares hozircha klub bilan kelajak faoliyati masalasida gaplashmaganini aytdi.
“Hozir kelajak haqida o‘ylamayapman. Mening hayolim faqat amaldagi shartnomaga qaratilgan. Hozir hammamiz dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar fonida qanday yashashimiz haqida o‘ylayapmiz. Vaqti kelganda barchasini “Barselona” bilan birga muhokama qilamiz”, - deydi urugvaylik futbolchi.
33 yoshli Suares joriy mavsum “Barselona” safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar