
Suares "Barsa"ga shart qo‘ydi
Lionel Messi faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin turibdi. Suares ham Messisiz qolgan jamoadan tezroq ketmoqchi.
Urugvaylik hujumchining klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi. Shuni hisobga olgan Suares bitimni muddatidan avval bekor qilish uchun kataloniyaliklardan 25 million evro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda.
Luisga ayni paytda “Ayaks” va “Yuventus” qiziqish bildirmoqda. Niderlandiyaliklar hujumchi uchun 15 million evro to‘lashga tayyor. Turinliklar esa uning erkin agentga aylanishini kutmoqda.
Fikrlar