
Suares 15 mavsumdan buyon bu ishni uddalab kelmoqda
“Barselona” forvardi Luis Suares bugun La Liganing 18-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga (4:1) qarshi o‘yinda gol urishga erishdi.
Bu gol urugvaylik futbolchi uchun joriy mavsum chempionatdagi 10-gol bo‘ldi. E’tiborlisi, Suares shu tariqa 15 mavsumdan buyon milliy chempionat bahslarida kamida 10 ta gol urib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Suares o‘zining debyut mavsumini Urugvayning “Nasonal” klubida boshlagan. Shundan so‘ng u “Groningen”, “Ayaks” va “Liverpul” klublarida to‘p surdi.
Fikrlar